MRB shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi
Markaziy razvedka boshqarmasi «xavfsizlikning buzilishi bilan bog‘liq hodisa» yuz berganini tasdiqladi. Voqeaga aloqador bir kishi qo‘lga olingan.

Foto: Getty images
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining Lenglidagi shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda NBC News o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, idora qo‘riqchilari mahalliy vaqt bilan soat 04:00 larda o‘t ochgan. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida bir ayol yaralangan.
MRB vakillari Reuters agentligiga «xavfsizlikning buzilishi bilan bog‘liq hodisa» yuz berganini tasdiqlagan, biroq otishma to‘g‘risida biror-bir ma’lumot taqdim etmagan. Ta’kidlanishicha, bir kishi qo‘lga olingan, ammo voqeaga oid boshqa tafsilotlar oshkor etilmagan.
MRB shtab-kvartirasi yaqinidagi voqea Vashington markazida Isroil elchixonasining ikki xodimi otib ketilganiga bir sutka o‘tmasdan sodir bo‘lgan. Reutersʼning aniqlik kiritishicha, ushbu ikki hodisa o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik yo‘q.
Mavzuga oid

10:26
Tramp Putin bilan suhbat haqida: o‘zgarish yo‘q

09:11
Pokiston va AQSh harbiy hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi

21:31 / 03.07.2025
AQSh Eronga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi

19:18 / 03.07.2025