Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
Bolaning jasadi oradan bir kun o‘tgach, FVB g‘avvoslari yordamida suvdan olib chiqildi.

Foto: suvmap.uz
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida 14 yoshli yigit kanalga cho‘kib ketdi, deb xabar beradi viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 18 may kuni Mirzaobod tumani Oydin MFY hududidan oqib o‘tuvchi «Do‘stlik» kanaliga cho‘milish uchun borgan 2011 yilda tug‘ilgan A.X. ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kib ketgan.
Viloyat FVB g‘avvos-qutqaruvchilari tomonidan olib borilgan suvda qidiruv-qutqaruv tadbirlari natijasida, 19 may kuni yigitning jasadi suvdan olib chiqilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirzaobod tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkentda kanalga tushib ketgan qizni qutqargan erkak halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

00:08 / 04.06.2025
Toshkentga 361 kg eshak go‘shtini olib ketayotgan Lacetti to‘xtatib qolindi

16:47 / 02.06.2025
Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston «Bahri Tojik» suv omboridan birgalikda foydalanadi

07:53 / 30.05.2025