Toshkentda ruhiy kasal erkak ichki ishlar xodimini pichoqladi
Yunusobod dehqon bozorida xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimi shubhali ko‘ringan fuqaroni tekshirayotgan vaqtda, fuqaro unga hujum qilib, yonidagi pichoq bilan bo‘ynini jarohatlagan. Kasalxonada xodimning hayoti saqlab qolingan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan – ma’lum bo‘lishicha, u 20 yildan beri ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turadi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi
Internetda tarqalgan videoda, PPX xodimi savdo rastalari orasidan bo‘ynini ushlagancha yugurib kelgani, keyin to‘xtab, yerga yotgani, atrofdagilar unga yordamga shoshilgani ko‘rinadi.
Ichki ishlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, voqea 19 may kuni soat 18:30 larda, Yunusobod tumani IIO FMB post-patrul xizmati inspektori safdor I.Ibragimov bilan ro‘y bergan.
Yer osti tushish yo‘li oldida o‘tib ketayotgan fuqaro o‘zining xatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otgani sababli, xodim uni to‘xtatib tekshirayotgan vaqtida, fuqaro yonida bo‘lgan pichoq bilan to‘satdan xodimga hujum qilib, bo‘yin qismiga jarohat yetkazgan.
Xodim tezkorlik bilan kasalxonaga yotqizilib, uning hayotini saqlab qolishga erishilgan. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida gumondor shaxs ushlangan. Aniqlanishicha, u – 1963 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati Paxtakor tumani yashovchi Hasanov Akrom Tursunovich bo‘lib, 2005 yildan beri ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turadi.
Yunusobod tumani prokuraturasi jinoyat ishi qo‘zg‘atib, tergov boshlagan.
Mavzuga oid

19:35 / 08.06.2025
O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi

12:30 / 08.06.2025
Toshkentdagi mahalla ichida 5 qavatli mehmonxona qurilishi mumkin. Aholi bunga qarshi chiqmoqda

00:21 / 08.06.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

20:17 / 07.06.2025