Jahon | 10:46
2654
1 daqiqa o‘qiladi

Tusk: Varshava savdo markazidagi yong‘in - Rossiya maxsus xizmatlari buyurtmasi natijasi

2024 yilning may oyida Varshavadagi Marywilska savdo markazidagi yong‘in Rossiya maxfiy xizmatlari tomonidan buyurtma qilingan o‘t qo‘yish natijasida sodir bo‘lgan, deb hisoblaydi Donald Tusk.

Foto: Attila Husejnow/SOPA/IMAGO

2024 yilning may oyida Varshavadagi Marywilska savdo markazidagi yong‘in Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan buyurtma qilingan o‘t qo‘yish natijasida sodir bo‘lgan. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida 11 may, yakshanba kuni Polsha bosh vaziri Donald Tusk aytib o‘tdi.

«Jinoyatchilarning ba’zilari allaqachon qo‘lga olingan, qolganlarining shaxsi aniqlanib, qidirilmoqda. Hammangizni topamiz!» — deb yozgan Tusk.

Yozuvda bunday xulosalarga nima asos bo‘lganligi aniqlashtirilmagan.

O‘z navbatida, ichki ishlar va ma’muriyat vaziri, Polsha maxsus xizmatlari koordinatori Tomash Semonyak X ijtimoiy tarmog‘ida post e’lon qildi, unda u Polsha adliya vaziri va bosh prokurori Adam Bodnar bilan qo‘shma bayonotga ishora qilgan.

Mavzuga oid