O‘zbekiston va Eron imtiyozli savdo bitimi bo‘yicha tovarlar ro‘yxatini kelishib oldi
Tehronda bo‘lib o‘tgan hukumatlararo uchrashuvda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida ko‘p yillardan beri yechimini kutayotgan transport-logistika masalalarini zudlik bilan hal etish lozimligi ta’kidlandi.

Foto: O‘zbekiston bosh vazirining matbuot xizmati
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 11 may kuni Tehronda Eron birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Oref bilan muzokara o‘tkazdi.
Tomonlar o‘zaro savdoni 2 milliard dollarga chiqarish imkoniyatlarini muhokama qildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston hukumati matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, rasmiy Toshkent transport-logistika sohasida ko‘p yillardan beri yechimini kutayotgan masalalarni zudlik bilan hal etish lozim deb hisoblaydi.
Uchrashuv yakunida quyidagi hujjatlar imzolandi:
- O‘zbekiston va Eron o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi";
- Imtiyozli savdo bitimining tovarlar ro‘yxatini tasdiqlash bayonnomasi;
- O‘simliklar himoyasi va karantini sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;
- “Halol” standarti sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 25 fevraldan boshlab O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida erkin savdo rejimi amal qila boshlagandi.
Mavzuga oid

20:40 / 12.05.2025
O‘zbekistonga avtomobil importi 3 barobarga quladi

20:32 / 12.05.2025
Tehronda Eron prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi

13:31 / 12.05.2025
Eron va AQSh yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshladi

21:05 / 11.05.2025