Jahon | 22:51 / 17.07.2025
2530
1 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi

Bunga avtomobil suv aralashgan benzin bilan to‘ldirilgani sabab bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Foto: NasrNews

Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon Tabriz shahriga ish safari chog‘ida o‘z kortejidagi uchala avtomobil ham to‘xtab qolgani uchun taksi chaqirishga majbur bo‘ldi.

Bu avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida to‘xtalganidan so‘ng sodir bo‘lgan, u yerda mashinalarga suv aralashtirilgan benzin quyilgan. Bu haqda NasrNews prezidentning maxsus inspektori Mustafo Movlaviyga tayanib xabar berdi.

Kortejdagi mashinalar Rasht trassasiga kiraverishda sifatsiz benzin bilan to‘ldirilgan, dedi Movlaviy. Shundan so‘ng, mashinalar Qazvin viloyatida to‘xtab qolgan. Pizishkiyon Tabrizga yetib borish uchun taksi chaqirishga majbur bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, prezident surishtiruv boshlash uchun mahalliy ma’muriyatga murojaat qilmagan. Movlaviyning aytishicha, oddiy fuqarolar ham shunday vaziyatga tushib qolishi mumkin.

Mavzuga oid