Jahon | 09:48
3412
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy: Putinning 9 maydagi «sulh» g‘oyasi - manipulyatsiya

Putin o‘t ochishni to‘xtatish o‘rniga parad uchun pauza e’lon qilib, yana manipulyatsiya qilmoqda, dedi Ukraina prezidenti.

Foto: president.gov.ua

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina urushni tugatish uchun «barcha hamkorlar bilan ishlashga» tayyorligini, biroq Rossiya hamma narsani rad etib, «manipulyatsiya qilib, AQShni aldashga urinayotganini» aytdi. Ukraina rahbari 29 aprel, dushanba kuni kechki murojaatida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiyada Ikkinchi jahon urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi nishonlanishi munosabati bilan Ukrainada 8 maydan 10 may oxirigacha davom etishi kerak bo‘lgan uch kunlik «sulh» haqidagi bayonotlarini shunday izohladi.

«Endi manipulyatsiyaga yana bir urinish bor: negadir hamma 8 maygacha kutishi kerak va shundan keyingina Putinga parad paytida sukut saqlash uchun o‘t ochishni to‘xtatishi kerak», — dedi Zelenskiy shu fonda.

Ukraina rahbari qo‘shimcha qildi: «Biz paradlarni emas, odamlarning hayotini qadrlaymiz». «Shuning uchun biz ishonamiz — dunyo ishonadi — 8 mayni kutishga asos yo‘q. Va o‘t ochish bir necha kunga emas, balki butunlay to‘xtashi kerak, toki ular yana odamlarni o‘ldirishlari mumkin. Darhol, to‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish — va bu kafolatlangan va ishonchli bo‘lishi uchun kamida 30 kun amal qilishi shart», — dedi Zelenskiy.

O‘sha murojaatida Ukraina rahbari Cherkassk viloyatida dronlar hujumidan keyin gaz ta’minotini tiklashga harakat qilayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «dunyoning Rossiyaga sukunat o‘rnatish talablari fonida» Rossiya Federatsiyasi yana «harbiy emas, balki oddiy odamlarga aloqador bo‘lgan obektga» zarba berdi.

Mavzuga oid