Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin G‘arbni «Rossiyaga qarshi siyosat»ni davom ettirmaslik haqida ogohlantirdi
Rossiyaga qarshi siyosat davom etsa, G‘arbning muammolari ko‘payib boradi, deydi Rossiya prezidenti.

Foto: kremlin.ru
G‘arbda muammolar ko‘proq va ular Rossiyanikiga qaraganda ancha keskin. Ammo G‘arb davlatlari o‘z ijtimoiy tizimlarini rivojlantirishdan ko‘ra, Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga pul sarflashni afzal ko‘radi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xalq fronti tomonidan tashkil etilgan «Hammasi g‘alaba uchun!» forumida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi, deya xabar beradi TASS.
Uning so‘zlariga ko‘ra, birgina Butunrossiya xalq fronti liniyasi orqali yetkazib berilgan Rossiya dronlari qiymati 2 milliard dollardan ortiq «dushman texnikasi»ni yoqib yuborgan. «G‘arb davlatlarining soliq to‘lovchilari bu raqamlarni eshitsin va ularning hukumati sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish (u yerda ko‘p muammolar bor, biz buni yaxshi bilamiz), uy-joy va kommunal xizmatlar, ish haqini oshirish o‘rniga o‘z xalqining pullarini qayerga sarflayotgani haqida o‘ylasin», — dedi Putin.
U Yevropaga ko‘p miqdorda ko‘chib o‘tayotgan muhojirlarni ish bilan ta’minlashni yana bir shunday yo‘nalish sifatida tilga oldi. «Ularni ish bilan ta’minlash kerak, toki ular mahalliy fuqarolarning ishini emas, balki kerakli joyda ishlasin. Bu har doim ham amalga oshavermaydi. Hamma joyda ham shunday muammolar ko‘p. Bizda ham bor. Lekin ularda yanada o‘tkirroq muammolar bor. Rossiyaga nisbatan shu paytgacha olib borilgan siyosatni qancha davom ettirsa, shuncha yomon bo‘ladi», — dedi Rossiya prezidenti.
Mavzuga oid

13:26
Fransiya: YeI Rossiyaga qarshi eng qattiq sanksiyalarni tayyorlamoqda

13:19
Xarkivda bir sutka ichida dronlar hujumidan 82 kishi jabrlandi

10:05
Rossiyada Stalinni oqlash avj oldi. Kommunistik partiya Xrushchevning mashhur ma’ruzasini xatoga chiqardi

07:21