Jahon | 07:21
3926
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Rossiyaga yangi zarbalar berilishi haqida ma’lum qildi

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Moskvaning «ishtahasini pasaytirish» uchun G‘arb davlatlari bilan birgalikda uzoq masofali qurollar ishlab chiqarishni kengaytirmoqda.

Foto: Ins Kalnins/Reuters

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya hududlariga yangi zarbalar berilishini e’lon qildi. Bu haqda Ukraina rahbari ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Ma’lumot Rossiya Federatsiyasi hududidagi turli nishonlarga berilgan zarbalar tasvirlari bilan birga taqdim etilgan.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Moskvaning «ishtahasini pasaytirish» maqsadida G‘arb davlatlari bilan birgalikda uzoq masofaga uchuvchi qurollar ishlab chiqarishni kengaytirmoqda.

U, shuningdek, «hayotni himoya qilish vositalarini» yaratishni Kiyevning ustuvor yo‘nalishi deb atadi.

Bundan tashqari, u Ukraina harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlarga minnatdorchilik bildirdi.

Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy Ukraina Harbiy-dengiz kuchlari harbiy xizmatchilariga yo‘llagan tabrigida Odessada Rossiya desanti bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham, deya va’da berdi.

«Barcha mudofaa kuchlarimiz bilan birgalikda Harbiy-dengiz kuchlari askarlari Ukraina o‘z manfaatlarini himoya qilishga qodir ekanini isbotladi. Odessada Rossiya desanti bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham, «Moskva» cho‘kib ketdi, Zmeiniy oroli Ukraina nazorati ostida, Rossiyaning 28 ta kemasi va bitta suvosti kemasi yo‘q qilindi va zarar ko‘rdi, «g‘alla yo‘lagi» esa ishlamoqda va jahondagi oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanmoqda», - deya ta’kidladi Zelenskiy.

Mavzuga oid