Amazonʼning sun’iy yo‘ldoshlari ortilgan raketa parvozi noqulay ob-havo sabab bekor qilindi
Loyihaning umumiy qiymati 10 mlrd dollardan oshadi. Uning doirasida 3236 ta sun’iy yo‘ldosh orbitaga olib chiqiladi.

Foto: Reuters
Amazon kompaniyasining internet uchun mo‘ljallangan sun’iy yo‘ldoshlari ortilgan Atlas V raketasining parvozi kuchli shamol tufayli bekor qilindi. Bu haqda tashuvchi raketani ishlab chiqqan United Launch Alliance kompaniyasi ma’lum qildi.
Parvoz Floridadagi Kanaveral burnida joylashgan kosmodromdan amalga oshirilishi kerak edi.
Kuiper loyihasi doirasida 630 kilometr balandlikdagi orbitaga 27 ta operatsion apparatdan iborat partiya uchirilishi rejalashtirilgan. 2023 yilda sinov tariqasida ikkita sun’iy yo‘ldosh — KuiperSat-1 va KuiperSat-2 uchirilgan edi.
Amazon kompaniyasi keng polosali global internetni ta’minlash uchun 3236 ta sun’iy yo‘ldoshdan iborat to‘liq guruhni 2027-2028 yillarda uchirishni rejalashtirgan.
Kuiper loyihasi SpaceX kompaniyasining Starlink sun’iy yo‘ldosh tizimlarining bevosita raqobatchisi hisoblanadi. Mazkur kompaniya hozirga qadar orbitaga 7,1 mingdan ortiq apparatni uchirgan bo‘lib, ular Yerning istalgan nuqtasiga internet xizmatlarini taqdim eta oladi.
Amazon ma’lumotlariga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 10 milliard dollardan oshadi. 2026 yil o‘rtalariga borib Kuiper loyihasidagi sun’iy yo‘ldoshlarning yarmi orbitada ishlayotgan bo‘ladi.
Mavzuga oid

23:40 / 02.04.2025
Amazon TikTokʼni sotib olishga ariza berdi

16:58 / 26.03.2025
Amazon 2024 yilda 15 milliondan ortiq kontrafakt mahsulotlarni musodara qildi

20:24 / 23.03.2025
Xitoy orbitada sun’iy yo‘ldoshlar ishtirokida «havo janglari»ni sinovdan o‘tkazmoqda

14:11 / 15.02.2025