O‘zbekiston | 14:50 / 28.06.2025
2002
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 2028 yilgacha o‘z sun’iy yo‘ldoshini koinotga uchirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston 2028 yilgacha o‘zining ilmiy-texnik sun’iy yo‘ldoshini koinotga chiqarishni rejalashtirmoqda.

Kazinform xalqaro axborot agentligining yozishicha, bu haqda O‘zbekiston kosmik agentligi direktori o‘rinbosari Muhiddin Ibrohimov ma’lum qilgan.

Muhiddin Ibrohimovga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistondan 7 nafar talaba Yaponiyaning Kyusyu texnologiya institutiga magistratura bosqichiga o‘qishga yuboriladi.

– Ular o‘qish davrida sun’iy yo‘ldosh loyihasini ishlab chiqish, uni yig‘ish va sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirishga oid bilimlarni o‘zlashtiradilar. Ayni paytda koinotga sun’iy yo‘ldoshni uchirish uchun kompaniyalar bilan shartnomalar tuzish kerakligini ham tushunishimiz kerak. Bizning rejamizga ko‘ra, O‘zbekiston 2028 yilgacha o‘z sun’iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqadi, – deydi O‘zbekiston kosmik agentligi direktori o‘rinbosari.

O‘zbekiston tomoni Space X kompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Mavzuga oid