Amazon rahbari kompaniyaning 737 mln dollarlik aksiyalarini sotdi
Jyeff Bezos so‘nggi yillarda muntazam ravishda kompaniya aksiyalarini sotyapti. Shunga qaramay, u Amazonʼning eng yirik aksiyadoriligicha qolmoqda.

Foto: AP
Amazon asoschisi Jyeff Bezos iyun oxirlarida kompaniyasining 3,3 milliondan ortiq aksiyalarini jami 736,7 million dollarga sotdi. Bu haqda AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasiga yo‘llangan hujjatlarda so‘z boradi.
Qayd etilishicha, qimmatli qog‘ozlar mart oyida e’lon qilingan reja asosida sotuvga chiqarilgan. Ushbu reja 2026 yil 29 maygacha Amazonʼning 25 milliontagacha aksiyalarini sotishni nazarda tutadi.
Jyeff Bezos so‘nggi yillarda muntazam ravishda kompaniya aksiyalarini sotyapti, biroq u hanuzgacha Amazonʼning eng yirik yakka tartibdagi aksiyadori bo‘lib qolmoqda. 2022 yildan beri u Amazonʼning taxminan 44 milliard dollarlik aksiyalarini sotgan.
Oldinroq u har yili Amazonʼning 1 milliard dollarlik aksiyalarini sotishni rejalashtirayotganini aytgandi — bu mablag‘lar uning aerokosmik kompaniyasi Blue Origin faoliyatini moliyalashtirish uchun ishlatiladi.
Joriy yil boshidan buyon Amazonʼning kapitalizatsiyasi 0,5 foizga o‘sib, 2,34 trillion dollarga yetgan.
Mavzuga oid

19:44 / 22.06.2025
Amazon sun’iy intellekt sabab ishchi kuchini qisqartiradi

21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi

20:44 / 07.05.2025
8 yoshli bola onasining telefonidan 70 ming dona konfet buyurtma qildi

13:24 / 30.04.2025