Tramp noqonuniy migrantlarni «o‘z-o‘zini deportatsiya qilish»ga chaqirdi
AQSh prezidenti buning uchun CBP Home ilovasidan foydalanish mumkinligini aytdi. Bu haqdagi targ‘ibot videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiladi.

Foto: Andrew Harnik/Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp noqonuniy migrantlarni CBP Home ilovasi yordamida «o‘z-o‘zini deportatsiya qilishga» chaqirdi. Bu haqda Axios xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Tramp shu hafta ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lishi kutilayotgan 90 soniyalik videoni yozib olgan. Nashr e’lon qilgan videoda Amerika prezidenti AQSh fuqaroligini olishni istagan noqonuniy migrantlar hibsga olinib, keyinchalik deportatsiya qilinishdan oldin ilovada ro‘yxatdan o‘tib, mamlakatni tark etishni taklif qilmoqda.
Uning qayd etishicha, agar noqonuniy migrantlar ushbu ilova orqali ro‘yxatdan o‘tmasa va mamlakatni tark etmasa, rasmiylar tomonidan deportatsiya qilinadi, shundan so‘ng ular Qo‘shma Shtatlarga qonuniy ravishda qaytib kela olmaydi.
«Agar ular buni qilsa, kelajakda qonuniy ravishda qaytib kelish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin», dedi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh sobiq prezidenti Jo Bayden ma’muriyati CBP One ilovasidan «milliondan ortiq migrantlarning AQSh hududiga noqonuniy kirishiga ruxsat berish uchun» foydalangan. Bu platforma allaqachon yopilgan.
CBP Home, dedi Tramp, Qo‘shma Shtatlarni tark etish va ixtiyoriy ravishda deportatsiya qilinishning oson yo‘li. Nashrning fikricha, loyiha hibsga olingan migrantlarni ushlab turish uchun mablag‘ yetishmasligi fonida yo‘lga qo‘yilgan.
Mavzuga oid

23:33 / 06.06.2025
Oq uy senatni Rossiyaga qarshi «qaqshatkich» sanksiyalariga oid qonun loyihasini yumshatishga chaqirdi

22:08 / 06.06.2025
Tramp Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgan Tesla avtomobilidan qutulmoqchi

19:40 / 06.06.2025
Tramp Germaniyaga Rossiya gazi o‘rniga amerikanikini taklif qildi

18:58 / 06.06.2025