Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
AQSh Ukrainadan dronlarni sotib oladi va evaziga qurol bilan ta’minlaydi.

Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va AQSh prezidenti Donald Tramp qurollar savdosi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda. Unga ko‘ra, AQSh Ukrainadan janglarda sinovdan o‘tgan dronlarni sotib oladi. Evaziga, AQSh Ukrainaga o‘z qurollarini sotadi.
Zelenskiy The New York Post nashriga bergan intervyusida Tramp bilan so‘nggi muzokaralari AQSh va Ukrainaga aviatsiya texnologiyalarini mustahkamlashga yordam beradigan kelishuvga bag‘ishlanganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Rossiya bilan qarama-qarshilik chog‘ida zamonaviy urushlar bo‘yicha o‘rgangan barcha narsani AQSh bilan baham ko‘rishga tayyor.
«Menimcha, bu hamma uchun foydali bo‘lgan haqiqiy «mega bitim», dedi Zelenskiy.
The New York Post ta’kidlaganidek, Ukraina dronlari Rossiya hududi ichidagi nishonlarga zarba bera oladi. Zelenskiy 16 iyul kuni bergan intervyusida «Amerika xalqiga bu texnologiya kerak va bu sizning arsenalingizda bo‘lishingiz kerak», dedi.
«Biz bu tajribani Amerika va boshqa yevropalik hamkorlar bilan baham ko‘rishga tayyormiz», deb qo‘shimcha qildi Zelenskiy. Uning aytishicha, Ukraina Daniya, Norvegiya va Germaniya bilan ham bu borada muzokaralar olib bormoqda.
Mavzuga oid

21:30 / 17.07.2025
Tramp Coca-Cola retseptini o‘zgartirishni talab qildi, kompaniya bunga rozi

19:39 / 17.07.2025
Ukrainada yangi hukumat tarkibi tasdiqlandi

13:40 / 17.07.2025
Germaniya Mudofaa vazirligi Ukrainaga Patriot yuborilganini tasdiqlay olmadi

12:02 / 17.07.2025