Braziliyadagi ko‘rshapalaklarda yangi koronavirus topildi
Yangi virus odamlar va tuyalarda topilgan Mers bilan bog‘liq koronavirus shtammlariga «o‘ta o‘xshash» ekani aniqlandi.

Foto: The Independent
Braziliyadagi ko‘rshapalaklarda halokatli Mers virusiga o‘xshash yangi koronavirus topildi, ammo uning odamlar uchun xavfi noma’lumligicha qolmoqda. Bu haqda San-Paulu va Seara tadqiqotchilari hamda ularning Honkong universitetidagi hamkasblari xabar berdi, deb yozdi The Independent.
Xususan, olimlar bu Mers-CoV deb nomlangan Yaqin Sharq respirator sindromi virusiga o‘xshashligini aniqladi. U birinchi marta 2012 yilda Saudiya Arabistonida topilgan va shundan beri 850 kishi hayotiga zomin bo‘lgan. Virus bilan kasallanish holatlari 20 dan ortiq mamlakatlarda qayd etilgan.
Olimlarning qo‘shimcha qilishicha, yangi koronavirus Mers-CoV genomiga 72 foiz o‘xshash genetik ketma-ketlikka ega.
Qayd etilishicha, tadqiqotda olimlar 16 xil turdagi ko‘rshapalakning og‘iz bo‘shlig‘i va ichaklaridan 423 ta surmani tekshirgan. Olimlar Braziliya shimoli-sharqidagi Fortaleza shahrida to‘plangan ko‘rshapalaklar og‘zi va to‘g‘ri ichaklaridan 16 ta tampondan beshtasida yettita koronavirusni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Ular yangi virus odamlar va tuyalarda topilgan Mers bilan bog‘liq koronavirus shtammlariga «o‘ta o‘xshash» ekanini aniqladi. Bundan tashqari, olimlar virus genomi rekombinatsiya deb ataladigan jarayonda aralashib, o‘zgarib borayotganiga oid dalillarni topdi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, natijalar koronaviruslarning «keng genetik xilma-xilligi», yangi nasl-nasab mavjudligi va Braziliyada aylanib yuruvchi ko‘rshapalak viruslari orasida rekombinatsiya hodisalari sodir bo‘lganligini ko‘rsatadi.
«Ko‘rshapalaklar viruslarning muhim rezervuaridir va shuning uchun ular doimiy epidemiologik nazorat ostida bo‘lishi kerak», deb qo‘shimcha qildi doktor Duraesh-Karvalyu.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
-
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi
Jahon | 22:59 / 07.04.2025
-
Fransiya, Misr va Iordaniya yetakchilari G‘azo bo‘yicha kelishuvni tiklashga chaqirdi
Jahon | 22:18 / 07.04.2025
Mavzuga oid

22:57 / 26.03.2025
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi bo‘yicha sud qilinadi

11:51 / 26.03.2025
Argentina Braziliyaga 4 ta gol urdi. Messi va jamoa titulni himoya qiladi

23:15 / 12.03.2025
Braziliyada iqlim bo‘yicha o‘tkaziladigan sammitga tayyorgarlik ko‘rish uchun daraxtlar kesib tashlandi

17:50 / 27.02.2025