Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi
Bemorlarning kamida yetti nafari vafot etgan, ammo ularning haqiqiy soni ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Foto: NPR
Hindistonning Madhya-Pradesh shtati Damoh okrugi rasmiylari o‘zini britaniyalik kardiojarroh sifatida tanishtirib, xususiy shifoxonada operatsiyalar o‘tkazgan shaxsga oid ish yuzasidan tergov boshladi, deb xabar beradi The Indian Express.
Okrug Bolalarni himoya qilish qo‘mitasi prezidenti Dipak Tivari o‘zini britaniyalik karidolog N.Jon Kem sifatida tanishtirgan erkak aslida boshqa bo‘lgani, «ishga joylashishda soxta hujjatlardan foydalanib, murakkab operatsiyalarni amalga oshirgani» to‘g‘risida ayblovni ilgari surmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy komissiya a’zosi Priyank Kanungo holat bo‘yicha tergov o‘tkazilishini ma’lum qildi. «Yuragi operatsiya qilingan shaxslar orasida yetti kishining bavaqt o‘limi bilan bog‘liq holat aniqlandi», — deb yozadi u X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntiga.
Ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etgan bemorlarning qarindoshlari shifokordan shubhalana boshlaganidan keyin u izsiz yo‘qolgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda Hindistonda soxta «shifokor» YouTubeʼdagi videolarga qarab o‘smirni operatsiya qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Operatsiyadan keyin bemor vafot etgan va politsiya «shifokor»ga nisbatan qidiruv e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid

01:55 / 01.05.2025
Hindiston Pokiston samolyotlari uchun havo makonini yopdi

20:47 / 30.04.2025
Urushlarning o‘zgargan motivi: tashqi tahdid emas, ichki siyosiy maqsadlar

18:16 / 30.04.2025
Hindistondagi mehmonxonada yong‘in yuz berdi. Qurbonlar bor

16:55 / 30.04.2025