Mustaqillik shohko‘chasida Orlando yonib ketdi
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida Orlando rusumli transport vositasi yonib ketdi.

Foto: Videodan kadr
YHXB xabariga ko‘ra, 27 fevral kuni soat 13:13 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shohko‘chasida Orlando rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.
Mazkur holat yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.