Toshkent shahri hokimligi daraxtlar qulashi xavfi tufayli aholini ogohlikka chaqirdi
Qalin qor sharoitida toshkentliklarga xavfsizlik choralarini ko‘rish tavsiya etildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahri hokimligi 26 fevral kuni yog‘gan kuchli qor tufayli aholini ehtiyotkorlikka chaqirdi.
«Qorning namligi va og‘irligi tufayli daraxtlar va yengil qurilmalarning qulash xavfi mavjud. Yo‘laklarda ehtiyot bo‘ling, tepangiz va atrofingizdagi muhitga diqqatli bo‘ling. Gaz bosimi o‘zgarishlarini e’tibordan chetda qoldirmang. Is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun xavfsizlik choralariga rioya qiling. Yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiling. O‘zingiz va mulkingizni asrang», deyiladi xabarda.
Qayd qilinishicha, shahar bo‘ylab obodonlashtirish bo‘limlari va boshqaruv servis kompaniyalarining xodimlari qorlarni tozalash va uning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini davom ettirmoqda.
Mavzuga oid

14:31 / 04.07.2025
Toshkent metrosining 13 ta bekatida vestibyulning bir tomonidagi kassa yopildi

19:49 / 03.07.2025
Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

19:43 / 03.07.2025
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi

16:15 / 02.07.2025