Oilaviy poliklinikalarda tibbiy xizmatlar pulli bo‘ladimi?

Foto: SSV
Ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlar pulli bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy sug‘urta boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Almardanov mazkur xabarlarga izoh berdi.
Konstitutsiyaning 48-moddasida O‘zbekiston fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli ekanligi ko‘rsatilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, ayni paytda tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatiga oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalardagi 28 ta diagnostik tekshiruv, 22 ta laborator tahlil, 138 turdagi dori vositalari, 57 ta tibbiy buyumlar, eng ko‘p uchraydigan 110 ta tashxis, shuningdek, tuman (shahar) markaziy shifoxonalarida 28 ta diagnostik tekshiruv, 46 ta laborator tahlil, 235 turdagi dori vositalari, 76 ta tibbiy buyumlar, 27 ta operativ davo hamda eng ko‘p uchraydigan 257 ta tashxis kiritilgan bo‘lib, davlat hisobidan bepul taqdim etiladi.
Yangi qonun loyihasi bilan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida aholiga bepul taqdim etiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlaridan tashqari qo‘shimcha xizmat hisoblanadigan tibbiy yordam turlarini belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilmoqda.
Bu orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam paketiga kirmaydigan qo‘shimcha xizmatlarni tartibga solish ko‘zda tutilgan.
Ushbu qonun loyihasiga ko‘ra, kafolatlangan hajmga kiritilgan tibbiy xizmatlarni davlat hisobidan yoki bepul olish uchun bemor belgilangan muddatlarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida tegishli tibbiy ko‘riklardan o‘tishi, oilaviy shifokor yoki tibbiyot brigadasiga murojaat qilishi talab etiladi. Bunga shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish kirmaydi, albatta.
Bemorning tor soha mutaxassisiga borib davolanishi uchun esa oilaviy shifokorning yo‘llanmasi zarur. Shundan so‘ng kafolatlangan hajm doirasida tibbiy xizmatlar bepul ko‘rsatiladi.
Bunda oilaviy shifokor davolash va tashxislash standartlariga muvofiq tor soha shifokorlariga, zarur hollarda shifoxonalarga elektron yo‘llanma beradi hamda bemor mazkur yo‘llanma asosida tor soha shifokori tomonidan ko‘rikdan o‘tkaziladi va (yoki) uning tavsiyasiga ko‘ra, shifoxonaga yotqiziladi. Ushbu tartibga rioya etilmagan hollarda tibbiy xizmatlar pulli asosda taqdim etiladi.
Bu bilan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida kafolatlangan tibbiy yordam hajmidan ortiqcha tibbiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish qo‘shimcha xizmatlar bo‘lib, pulli asosda amalga oshiriladi.
Bunda oilaviy shifokor yoki tibbiyot brigadasi yo‘llanmasi mavjud bo‘lmasdan murojaat qilgan fuqarolarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam qo‘shimcha xizmat hisoblanishi (bundan shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish mustasno) belgilanmoqda.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi
Jahon | 16:59
-
Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston ta’lim tizimiga 40 million dollar grant ajratadi
O‘zbekiston | 16:57
-
Tramp yarimo‘tkazgichlar importiga yangi bojlarni joriy qiladi
Jahon | 16:18
-
AQSh Savdo vazirligi: Elektronika tariflaridagi istisnolar - vaqtincha
Jahon | 16:10
Mavzuga oid

11:01 / 07.03.2025
Bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati tashkil qilinadi

13:22 / 03.03.2025
Xizmatlar sohasiga 3 mln kishi jalb qilinadi

13:51 / 28.02.2025
2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi

13:46 / 10.09.2024