Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchta viloyatda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Aniqlangan uchta holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Prokuratura departamenti
Samarqand, Namangan va Andijon viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Toyloq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.B.” MChJga qarashli klinika rahbari, muqaddam sudlangan S.X. tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 194,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Namangan shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda fuqaro T.A. “Dambog‘” MFY hududidagi novvoyxonasida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 176,7 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Departamentning Xo‘jaobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro N.Ya. “Mustaqillik” MFY hududidagi xonadonida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 100,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

13:40 / 16.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina

11:57 / 15.07.2025
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti

22:19 / 14.07.2025
Andijonda hokim o‘rinbosari, statistika bo‘limi boshlig‘i va sobiq mansabdorlar pora bilan ushlandi

15:48 / 14.07.2025