Ukraina dronlari Saratov oblastiga hujum qildi
Ukraina uchuvchisiz uchoqlari uchun potensial nishonlar Engelsdagi strategik aviatsiya aerodromi va Saratov neftni qayta ishlash zavodi bo‘lishi mumkin.

Foto: Telegram / breakingmash
11 fevral, seshanbaga o‘tar kechasi Saratov oblastiga Ukraina uchuvchisiz uchoqlari hujum qildi. Engels va Saratov aholisi portlash ovozlari haqida xabar berdi. Hududda uchuvchisiz uchoq hujumi xavfini Saratov oblasti gubernatori Roman Busargin Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqladi.
Mash Telegram-kanali xabariga ko‘ra, Saratovda bo‘laklar qulaganidan keyin katta yong‘in boshlangan. Baza Telegram-kanaliga ko‘ra, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda, infratuzilma obekti yonmoqda. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q.
Ukraina uchuvchisiz uchoqlari uchun potensial nishonlar Engelsdagi strategik aviatsiya aerodromi va Saratov neftni qayta ishlash zavodi bo‘lishi mumkin. Havo hujumidan mudofaa tizimlarining tovushlari haqida avvalroq Saratov janubida joylashgan Volgograd oblasti Telegram-kanallari xabar bergan edi.
Mavzuga oid

13:45 / 05.06.2025
SBU «Pautina» operatsiyasining yangi kadrlarini ko‘rsatdi

15:03 / 02.06.2025
Kiyev Rossiya strategik aviatsiyasining 34 foizi zarar ko‘rganini ma’lum qildi

12:36 / 02.06.2025
Dronlar va zamonaviy qurollar – mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalidan fotoreportaj

08:51 / 02.06.2025