Jamiyat | 17:05 / 04.02.2025
8105
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda avtomobilda «drift» qilishga uringan ikki yigit halok bo‘ldi

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Videodan kadr

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida 19 yoshli ikki yigit yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda MY5 telekanali xabar berdi.

Qayd qilinishicha, hodisa 30 yanvar kuni Nasaf ko‘chasida sodir bo‘lgan. Nexia-3 avtomobili rulida bo‘lgan 19 yoshli yigit «drift» qilishga uringan, biroq boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Oqibatda avtomobil salonidagi ikki nafar 19 yoshli yigit voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid