Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda kommunal to‘lovlarni o‘zlashtirgan MChJ rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Toshkent shahri Yashnobod tumanida aholidan kommunal xizmatlari uchun kelib tushgan mablag‘larni o‘zlashtirgan MChJ mas’ul shaxslari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “V.E.” MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholidan kommunal xizmatlari uchun kelib tushgan 264,7 mln so‘mni MChJ hisobraqamiga kirim qilmasdan, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

13:31 / 10.07.2025
Maxtumquli ko‘chasida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi

12:05 / 07.07.2025
Toshkentdagi mahallada giyohvandlik vositasini iste’mol qilgan yosh yigitlar aniqlandi

14:38 / 24.06.2025
Rohat aylanmasidan uch qavatli ko‘prikkacha bo‘lgan yo‘l 1 haftaga yopiladi

14:48 / 06.05.2025