Toshkentda Damas va Cobalt yonib ketdi
Yashnobod tumanida Damas va Cobalt avtomobillari yonib ketdi. Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmadi.

Foto: Toshkent FVB
6 may kuni soat 12:22 da Toshkent shahri Yashnobod tumani Sodiq Azimov ko‘chasida bir-biriga yaqin turgan Damas va Cobalt avtomobillarida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar qildi.
Yong‘in-qutqaruv texnikalari manzilga soat 12:28 da yetib borib, yong‘in soat 12:32 da o‘chirildi. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi boshqarma xabarida.
Ijtimoiy tarmoqlarda aytilishicha, yong‘in dastlab Damas’da yuzaga kelib, so‘ng yaqinidagi Cobalt’ga o‘tgan.
Mavzuga oid

08:16 / 07.06.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uydagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

09:03 / 06.06.2025
Sergelidagi mebel sexida yong‘in ro‘y berdi

18:26 / 05.06.2025
Tinch okeanida 3 mingta avtomobil ortilgan kema yonib ketdi

13:59 / 05.06.2025