Jamiyat | 09:26
8570
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzorda avtomobil yonib ketishi oqibatida 4 kishi kuyish jarohati oldi

Chilonzor tumanida avtomobilda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida rasmiy ma’lumot taqdim etildi.

Foto: IIBB YHXB

Joriy yilning 20 iyul kuni soat 22:57 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVB xabar kelib tushdi.

Yong‘in-qutqaruv  ekipajlari aytilgan manzilga soat 23:05 da yetib borib, yong‘in soat 23:07 da o‘chirildi.

Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mavzuga oid