Jamiyat | 13:31
950
1 daqiqa o‘qiladi

Maxtumquli ko‘chasida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi

Yashnobod tumanida ro‘y bergan yong‘in to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Kecha, 9 iyul kuni soat 18:57 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan binoning 1-qavatida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda texnopark hududida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan. Aslida yong‘in texnopark hududida sodir bo‘lmagan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:07 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 19:16 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida binoning ichki qismida 20 kv m maydonda o‘rin ko‘rpalari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyiga tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.

Mavzuga oid