Import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi
Import-eksport qilinishi davlat tomonidan tartibga solinadigan va majburiy ekologik sertifikatlashtirish lozim bo‘lgan xavfli mahsulotlar hamda chiqindilar ro‘yxati tasdiqlandi.
«O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilar, ayrim turdagi xavfli mahsulot va kimyoviy moddalar muomalasi bilan bog‘liq nazoratni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:
- O‘zbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar va chiqindilar ro‘yxati;
- O‘zbekistonga olib kirilishi taqiqlangan o‘simliklarni himoya qilish vositalari va boshqa turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar ro‘yxati;
- Import-eksport qilinishi davlat tomonidan tartibga solinadigan va majburiy ekologik sertifikatlashtirish lozim bo‘lgan xavfli mahsulotlar hamda chiqindilar ro‘yxati.
O‘zbekiston hududiga belgilangan chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun olib kiruvchilar quyidagilarga ega bo‘lishi shart:
- Chiqindilarni mustaqil ravishda to‘liq utilizatsiya qiladigan, qayta ishlaydigan yoki ulardan takroriy foydalanadigan import qiluvchilar – chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash yoki takroriy foydalanish jarayonlarining atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risidagi bayonot loyihasi bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasiga;
- Chiqindilarni mustaqil ravishda to‘liq utilizatsiya qilishi, qayta ishlash yoki ulardan takroriy foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan import qiluvchilar – mazkur chiqindilarni topshirish yoki realizatsiya qilish yuzasidan chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomaga.
Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
9 ta xonadon uchun transformator o‘rnatib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 09:17
-
Tojikistonda uchinchi zilzila yuz berdi
Jahon | 08:57
-
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin
Iqtisodiyot | 08:35
-
Xitoy Trampni o‘zaro bojlarni bekor qilishga chaqirdi
Jahon | 08:34
Mavzuga oid

15:52 / 11.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi

22:40 / 08.04.2025
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv

08:43 / 03.04.2025
2 oyda xorijdan qancha yengil avtomobil import qilingani aytildi

14:13 / 17.03.2025