Isroil Livanda «Hizbulloh» logistikasi boshlig‘ini o‘ldirdi
Suhayl Husayn Husayniy «Hizbulloh»ga Erondan qurol yetkazib berish uchun mas’ul edi. Avvalroq Isroil «Hizbulloh»ning uzoq yillik rahbari Hasan Nasrullohni va bu harakatning boshqa yetakchilarini yo‘q qilgan edi.

Foto: Bilal Jawich / Zuma / Scanpix
Livan poytaxti Bayrutga uyushtirilgan havo hujumi natijasida «Hizbulloh» harakatida Erondan qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun mas’ul bo‘lgan Suhayl Husayn Husayniy halok bo‘ldi, deb xabar berdi Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL). «Husayniy Eron va «Hizbulloh» o‘rtasida qurol-yarog‘ o‘tkazilishida hal qiluvchi rol o‘ynagan va «Hizbulloh» bo‘linmalari o‘rtasida zamonaviy qurol-yarog‘larning taqsimlanishiga mas’ul bo‘lgan, qurol-yarog‘ tashilishi va tarqatilishini nazorat qilgan», — deyiladi TsAHAL 8 oktyabr, seshanba kuni bergan bayonotida.
Isroil armiyasiga ko‘ra, Husayniy «Hizbulloh»ning eng muhim loyihalarida budjet va logistika uchun mas’ul bo‘lgan, jumladan, Livan va Suriyadan Isroil davlatiga qarshi hujumlarni muvofiqlashtirishda».
«Hizbulloh» rahbariyatining yo‘q qilinishi
Sentyabr oyi o‘rtalarida Livanda «Hizbulloh» tezkor aloqa uchun foydalanadigan peyjyer va ratsiyalarda qator portlashlar sodir bo‘ldi. 27 sentabr kuni kechqurun Isroil armiyasi Bayrutning janubiy chekkasida joylashgan «Hizbulloh» shtab-kvartirasiga havo hujumi uyushtirdi, natijada harakat rahbari, «Hizbulloh»ga 30 yildan ortiq rahbarlik qilgan Hasan Nasrulloh halok bo‘ldi.
Nasrulloh bilan birga uning qizi Zaynab, harakatning bir qator yuqori martabali a’zolari, shuningdek, Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) general-mayori Abbos Nilforushan o‘ldirilgan.
Mavzuga oid

15:21 / 06.06.2025
Germaniyada faollar Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni talab qildi

15:00 / 05.06.2025
Ispaniya Isroil bilan raketalar yetkazib berish bo‘yicha shartnomani to‘xtatdi

14:25 / 05.06.2025
Isroil armiyasining G‘azoga hujumida bir kunda 97 kishi halok bo‘ldi

15:14 / 04.06.2025