Isroil armiyasining G‘azoga hujumida bir kunda 97 kishi halok bo‘ldi
2023 yil 7 oktyabrdan beri eksklavga qilingan yirik hujumlar 54 607 falastinlikning hayotiga zomin bo‘ldi.

Foto: Anadolu Agency
Isroilning blokadadagi G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 54 607 nafarga yetdi.
G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, faqat so‘nggi 24 soat ichida sodir etilgan hujumlarda 97 kishi halok bo‘lgan, 440 kishi jarohatlangan. 2023 yil 7 oktyabrdan beri jami jarohatlanganlar soni 125 341 nafarga yetdi.
Oxirgi 24 soatlik statistikada vayronalar ostidan topilgan ikki qurbonning jasadi ham bor.
Isroil 19 yanvarda kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi tugagan kundan boshlab, 18 martdan beri G‘azoga hujumlarini qayta boshladi. O‘shandan beri 4335 falastinlik halok bo‘ldi, 13 300 nafari yaralandi.
Mavzuga oid

23:02 / 28.06.2025
Isroil Eronni jilovlash bo‘yicha yanada keskin siyosat boshlanganini e’lon qildi

17:38 / 28.06.2025
Uzbekistan Airways 1 iyuldan Isroilga parvozlarni tiklaydi

08:40 / 28.06.2025
Vladimir Putin: Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro ortda qoldi

07:47 / 28.06.2025