O‘rta Chirchiqda noqonuniy tarzda baliq ovlagan shaxslar tabiatga 42 mln so‘m zarar yetkazdi
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani, O‘rtabo‘z mahallasida joylashgan Toshkent dengizi hududida olib borilgan reyd davomida S.Ch., I.N. va N.J. tomonidan suv omborida noqonuniy ravishda baliq ovlanayotganligi aniqlandi.

Foto: Ekologiya vazirligi
Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, huquqbuzarlar jami 116 dona oq sila, tovon baliq, zog‘ora baliq hamda oq qayroq ovlagan. Oqibatda tabiatga 41 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi (ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Reyd davomida topilgan 3 ta qayiq hamda 2 ming metrdan ziyod leskali to‘rlar holatga oydinlik kiritilgunga qadar vaqtincha saqlash uchun Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi omborxonasiga joylashtirildi.
To‘plangan hujjatlar holatga qonuniy baho berish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tuman sudiga yuboriladi.
Mavzuga oid

12:33 / 03.04.2025
Qoraqalpog‘istonda noqonuniy baliq ovlash natijasida 750 mln so‘m zarar yetkazildi

19:54 / 24.03.2025
Toshkent viloyatida YTHga uchragan Nexia-2 yonib ketdi

16:25 / 06.03.2025
Toshkent viloyatida taqiqlangan ov quroli bilan baliq ovlagan shaxs aniqlandi

14:27 / 25.01.2025