Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuqori Chirchiqda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 11 yoshli o‘quvchini Cobalt urib yubordi
Bugun tongda ro‘y bergan voqea oqibatida 26 yoshli haydovchi maktab atrofida belgilangan tezlik chekloviga (30 km/soat) rioya qilmagan. Rasmiy axborotga ko‘ra, qiz yengil jarohatlangan, shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, ahvoli yaxshiligi sababli uyiga javob berilgan. YHXB surishtiruv o‘tkazmoqda.
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida maktabga ketayotgan o‘quvchini piyodalar yo‘lagidan o‘tayotganida mashina urib yubordi.
Toshkent viloyati IIB YXHB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Unda ma’lum qilinishicha, holat bugun, 30 sentabr kuni soat 7:45 larda sodir bo‘lgan.
Tumani hududidan o‘tgan D 014 avtomobil yo‘lining 41-kilometrida joylashgan 14-sonli maktab qarshisida 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi M.N. Cobalt mashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan 2013 yilda tug‘ilgan M.A.ni urib yuborgan. YTH oqibatida o‘quvchi yengil tan jarohati olgan. Unga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda ahvoli yaxshiligi sababli uyiga ruxsat berilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada ko‘rinishicha, haydovchi mashinani maktab oldida belgilangan 30 km/soat tezlikdan oshirgan. Shuningdek, piyodalar yo‘lagida o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash uchun turgan maktab xodimi ham qizaloqning yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishiga yetarlicha e’tibor qaratmagan.
Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda 8-sinf o‘quvchisi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

10:02 / 26.07.2025
Nurafshon ko‘chasida beton ustunga borib urilgan "Spark" haydovchisi vafot etdi

11:58 / 24.07.2025
Farg‘onada avtomobil daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi

13:20 / 23.07.2025
Ohangaronda yuk mashinasi YTH joyida ishlayotgan inspektorlar mashinasini urib yubordi

18:33 / 22.07.2025