Toshkentda ikki avtobus o‘zaro to‘qnashdi
Yangihayot tumanida 117- va 55-sonli yo‘nalish avtobuslari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, avtobuslar texnik shikastlangan.

Foto: Telegram / Tashkent_land
Toshkent shahrida ikki avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati.
25 sentabr kuni soat 06:45 larda, «12-avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi 117-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi, haydovchisi A.Y. boshqaruvidagi Yutong avtobusi Yangihayot tumani Xonabod ko‘chasidan Quruvchilar ko‘chasiga burilayotganda, «1-avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi 55-sonli yo‘nalish, haydovchisi Sh. Sh. boshqaruvidagi avtobus bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, avtobuslar texnik shikastlangan.
Sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan «Toshshahartransxizmat» Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo‘limi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi belgilangan. Ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahri IIBB YHXB inspektorlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
24 sentabr kuni ham Toshkentda uchta transport ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda yana bir avtobus texnik shikastlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

14:10 / 04.07.2025
Usta Shirin ko‘chasida Cobalt va Tracker-2 to‘qnashdi

13:23 / 03.07.2025
«Liverpul» hujumchisi Jota YTH oqibatida halok bo‘ldi

10:41 / 03.07.2025
Chilonzorda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Lacetti Damas bilan to‘qnashdi

23:32 / 30.06.2025