O‘zbekiston Qozog‘istonga 4 milliard kub metrga yaqin suv yetkazib berdi
Sug‘orish davri yakuniga qadar O‘zbekiston Qozog‘istonga yana 1 milliard kub metrga yaqin suv berishi kutilmoqda.

Foto: azh.kz
1 apreldan buyon O‘zbekiston Qozog‘istonga Sirdaryo orqali 3,9 milliard kub metr suv yetkazib berdi. Sug‘orish davri yakuniga qadar O‘zbekiston Qozog‘istonga yana 1 milliard kub metrga yaqin suv berishi kutilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi matbuot xizmatiga tayanib «Ak Jayik» xabar berdi.
Avvalroq suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov O‘zbekiston tomoni bilan Qozog‘istonga 6 oy ichida 3,7 milliard kub metr suv berishini kelishib olgan edi. Biroq, O‘zbekiston tomoni belgilangan hajmdagi suvni 4 oyda jo‘natib, o‘z majburiyatlarini muddatidan oldin bajardi.
Sug‘orish davri yakuniga qadar O‘zbekiston Qozog‘istonga 1 milliard kub metrga yaqin suv berishi kutilmoqda. Bu ishlar Qozog‘istonning janubiy viloyatlari fermerlarining ehtiyojlarini qondirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda Chordara suv omborini to‘ldirish hajmi 2,6 milliard kub metrni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 689 million kub metrga ko‘pdir. Chordara suv omboriga jami 3,9 milliard kub metr suv quyilgan.
Chordara suv omboridan Sirdaryoning quyi oqimiga 3,6 milliard kub metr suv yuborildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 950 million kub metrga ko‘pdir. Qizilqum kanaliga 700 million kub metrdan ortiq, Shimoliy Orol dengiziga 400 million kub metrdan ortiq suv quyilgan.
Mavzuga oid

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

00:08 / 04.06.2025
Toshkentga 361 kg eshak go‘shtini olib ketayotgan Lacetti to‘xtatib qolindi

16:47 / 02.06.2025
Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston «Bahri Tojik» suv omboridan birgalikda foydalanadi

07:53 / 30.05.2025