Hududlarda joylashgan yirik bozorlar temir panjaralar bilan o‘rab olinadi
2024 yil 1 oktyabrga qadar hududlarda joylashgan yirik bozorlar, ularning kadastr hujjatlariga asosan, shaharsozlik me’yorlaridan kelib chiqqan holda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar mablag‘lari hisobidan temir panjaralar bilan o‘rab olinishi rejalashtirilmoqda.

Foto: Kun.uz
“Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlashni ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlashni ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom, O‘zbekiston hududida joylashgan yirik bozorlar ro‘yxati tasdiqlanadi.
Belgilanishicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida joylashgan yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash Milliy gvardiya organlari tomonidan, boshqa hududlardagi yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi;
- tegishli idoraviy qo‘riqlash va yong‘indan saqlash xizmatlari mavjud bo‘lmagan yirik bozorlar Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya yoki Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari bilan obektlarni qo‘riqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘yicha shartnomalar tuzishga majbur;
- yirik bozorlarga tashrif buyuruvchilar shaxsiy buyum va qo‘l yuklarini ko‘zdan kechirish uchun taqdim etishga, zarur hollarda, xodimning talabiga ko‘ra ko‘rikdan o‘tishga majbur;
- yirik bozorlar ularda jamoat tartibini saqlashni ta’minlash uchun talab etiladigan zamonaviy texnik xavfsizlik vositalari bilan majburiy tartibda jihozlanadi;
- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlashni ta’minlash uchun talab etiladigan yong‘inga qarshi himoyalash va zamonaviy texnik xavfsizlik vositalari bilan ta’minlash xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
- yirik bozorlarda tashkil etiladigan mavsumiy yarmarkalar o‘tkaziladigan joylarni belgilash bozorda jamoat tartibini saqlashga mas’ul bo‘lgan ichki ishlar, Milliy gvardiya yoki Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari rahbarlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
- 2024 yil 1 oktyabrga qadar hududlarda joylashgan yirik bozorlarni ularning kadastr hujjatlariga asosan, shaharsozlik me’yorlaridan kelib chiqqan holda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar mablag‘lari hisobidan temir panjaralar bilan o‘rab olinishini ta’minlaydi;
- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan yirik bozorlarni jamoat tartibini saqlash bo‘yicha qo‘riqlash muhandislik-texnik vositalari bilan jihozlashning belgilangan talablar asosida amalga oshirilishini ta’minlaydi;
- Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizom talablari yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ko‘rib borilishini ta’minlaydi;
- yirik bozorlar va tadbirkorlik sub’yektlariga o‘rnatilgan zamonaviy texnik xavfsizlik vositalari Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy bo‘linmalari situatsion markazlariga integratsiya qilinishini hamda obektlardagi qo‘riqlash texnik vositalarining ma’lumotlari operator xonasiga uzatilishini ta’minlaydi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

09:33 / 28.03.2025
Bozorlarga egalik qilishda hokimliklarning ishtiroki to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi

12:10 / 15.03.2025
“Yilda faqat 1 oy bo‘ladi” - Marg‘ilonning Ramazon bozori haqida

14:59 / 04.03.2025
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi tasdiqlandi

19:48 / 19.02.2025