Toshkentda Matiz butunlay yonib ketdi
THAY - Yangi Yunusobod ko‘chalari chorrahasida Matiz’da qisqa tutashuv sodir bo‘lgani oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi, tan jarohati olganlar yo‘q.

Foto: YHXB
Toshkent shahar Yunusobod tumanida Matiz butunlay yonib ketdi. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar berdi.
12 yanvar kuni Yunusobod tumani THAY - Yangi Yunusobod ko‘chalari chorrahasida soat 18:00 larda 1969 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Matiz’da qisqa tutashuv sodir bo‘lganligi oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Mavzuga oid

08:16 / 07.06.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uydagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

09:03 / 06.06.2025
Sergelidagi mebel sexida yong‘in ro‘y berdi

18:26 / 05.06.2025
Tinch okeanida 3 mingta avtomobil ortilgan kema yonib ketdi

13:59 / 05.06.2025