O‘zbekiston | 12:34 / 28.11.2023
2754
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Olmazor va Shayxontohur tumanlari ayrim hududlarida ta’minot vaqtincha to‘xtatiladi.

Foto: Veolia Energy Tashkent

Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarida avariyaviy ta’mirlash ishlari olib borilishi va tegishli jihozlarni almashtirish zarurati tufayli bugun, 28 noyabr kuni qator manzillarda issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Olmazor tumani: Sebzor va Taxtapul dahalari, Jomiy bozor hududi, Shimoliy Olmazor ko‘chasi. 
Shayxontohur tumani: Ts-12, Ts-15 va Ts-16.

Issiq suv va issiqlik ta’minoti avariyaviy ta’mirlash ishlari tugallangandan keyin (taxminan soat 21:00 ga qadar) tiklanadi.

Mavzuga oid