Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Alisher Amirov avval ham ushbu viloyat hokimiga o‘rinbosar bo‘lgan.

Alisher Xurramovich Amirov Surxondaryo viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Alisher Amirov 1977 yil Boysun tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini, 2014 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – yer usti transporti tizimlari muhandisi.
A.Amirov mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Toshkent viloyati bo‘limi shu’ba mudiri, «O‘zavtoyo‘l» davlat-aksiyadorlik kompaniyasida boshqarma boshlig‘i, boshqaruv raisi o‘rinbosari, Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, 2019 yil oktyabridan 2020 yil dekabriga qadar Sherobod tumani hokimi lavozimlarida mehnat qilgan.
2021 yil yanvaridan buyon Transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
- Ma’lumot uchun, Surxondaryo viloyati hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2021 yil mayidan buyon Alisher Xidirov ishlayotgandi.
Mavzuga oid

00:58 / 02.08.2025
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi

14:54 / 01.08.2025
Bosh prokuror o‘rinbosari Qoraqalpog‘istonga prokuror bo‘ldi

12:33 / 01.08.2025
Surxondaryoda YTH oqibatida to‘rt yigit halok bo‘ldi

19:23 / 31.07.2025