Ozarboyjon xavfsizlik kuchlari Tog‘li Qorabog‘ armiyasining sobiq qo‘mondonini qo‘lga oldi
Levon Mnatsakanyan Armanistonga o‘tishga uringanida Ozarboyjon rasmiylari tomonidan ushlandi.

Foto: 1news.az
Ozarboyjon xavfsizlik kuchlari Tog‘li Qorabog‘ armiyasining sobiq qo‘mondoni Levon Mnatsakanyanni Lochin yo‘lagidagi nazorat-o‘tkazish punktida qo‘lga oldi. Bu haqda generalga yaqin manbaga tayanib, TASS xabar berdi.
Mnatsakanyan 2015—2018 yillarda Tog‘li Qorabog‘ mudofaa vaziri bo‘lgan va tan olinmagan respublika qurolli kuchlariga qo‘mondonlik qilgan.
27 sentabr kuni Tog‘li Qorabog‘ hukumatining sobiq rahbari Ruben Vardanyan Armanistonga o‘tayotganida Ozarboyjon harbiylari tomonidan qo‘lga olingan edi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, u Ozarboyjon hukumati tomonidan hibsga olingan va «terrorizmni moliyalashtirishda» ayblangan.
Avvalroq, Tog‘li Qorabog‘ning saylangan prezidenti Samvel Shaxramanyan maslahatchisi David Babayan o‘z xohishi bilan «tegishli tergov uchun» Bokuga borishga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.
28 sentabr kuni Tog‘li Qorabog‘ rahbari Tog‘li Qorabog‘ Respublikasini tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 29 sentabr holatiga hududni 100 mingga yaqin aholi tark etib, Armanistonga yo‘l olgani haqida xabar berildi.
Mavzuga oid

23:07 / 05.07.2025
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi

21:41 / 05.07.2025
Ozarboyjon Rossiya bilan ziddiyat kuchayishini istamaydi – Erdo‘g‘an

08:22 / 05.07.2025
Aliyev: Ozarboyjon AQSh bilan do‘stlik va sheriklikka alohida ahamiyat beradi

20:05 / 04.07.2025