Iqtisodiyot | 14:51
460
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Ozarboyjon savdoni rag‘batlantirish bo‘yicha alohida dastur qabul qildi

Qirg‘izistonning ommabop Alliance-press.kg axborot-tahliliy portalida "O‘zbekiston tashabbuslari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatlarda hamkorlikni faollashtiradi" sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Foto: Sputnik / Murad Orujov

Maqolada davlat rahbarining joriy yilning 2-4 iyul kunlari Ozarboyjonga amalga oshirgan davlat tashrifi tafsilotlari qalamga olingan.

"O‘zbekiston prezidentining Ozarboyjonga davlat tashrifi arafasida Xiva shahrida birinchi Parlamentlararo forum, Bokuda esa Hududlar forumi bo‘lib o‘tdi. Andijonda birinchi rektorlar forumi tashkil etildi. O‘zbekistonda "Ozarboyjon" bog‘i va noyob See Breaze sayyohlik majmuasi bunyod etish loyihalari ustida faol ish olib borilmoqda. Tashrif kunlari Boku shahrida "O‘zbekiston" bog‘i qurilishiga start berildi va O‘zbekistonning Ozarboyjondagi elchixonasining yangi binosi ochildi", – deb yozgan muallif.

Shuningdek, davlat tashrif doirasida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama savdo va investitsiyalar hajmini yaqin yillarda 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar yuzasidan kelishib olingani ta’kidlangan.

"Savdo va kooperatsiyani rag‘batlantirish bo‘yicha alohida dastur qabul qilindi. Ikki tomonlama hamkorlik samaradorligini oshirish maqsadida qo‘shma investitsiya kompaniyasi faoliyati kengaytiriladi, yangi formatlar – Tadbirkorlar kengashi hamda Sanoat va iqtisodiy zonalar forumi tashkil etiladi", – deya qayd etilgan maqolada.

Mavzuga oid