Surxondaryo va Buxoroda pul evaziga “prava” olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
Kogon tumani va Termiz shahrida haydovchilik guvohnomasi olishda “ko‘maklashish” uchun pul olgan shaxslar ushlangan.

Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy bo‘limlari hamda huquqni himoya qilish organlari tomonidan Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida pul evaziga haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingan.
Jumladan, departament hamda DXXning Kogon tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.I. boshqa bir fuqaro M.M.dan uni go‘yoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 750 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. fuqaro X.J.ga tanishlari yordamida “S” toifali haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilib, undan “xizmati” evaziga 4,7 mln so‘m olayotganda qo‘lga tushgan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

11:40 / 16.04.2025
Xitoy Buxoroda "aqlli" shahar infratuzilmasini yaratishda qatnashadi

23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi

15:35 / 09.04.2025
“Bir o‘rindiqda ikki kishi”: Surxondaryoda Matiz’ni ikki kishi bo‘lib boshqarganlarga chora ko‘rildi

21:10 / 01.04.2025