Ozarboyjonda ozar tilida qayta chop etilgan «O‘tkan kunlar» romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Ozarboyjonda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida Abdulla Qodiriyning ozar tilida qayta chop etilgan «O‘tkan kunlar» romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Foto: madaniyat.uz
Madaniyat vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Boku shahridagi Ozarboyjon Milliy kutubxonasida O‘zbek milliy adabiyoti ekspozitsiyasi tashkil etildi. Unda Abdulla Qodiriyning ozar tilida qayta chop etilgan «O‘tkan kunlar» romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
«Ushbu asar ilk bor 1929 yilda ozar tiliga o‘girilib, bir necha bor qayta nashr etilgan. Bu ikki xalq adabiyotining o‘zaro mushtarakligi mevasi. Asarda ko‘tarilgan masalalar, tarixiy voqealar, qahramonlar taqdiri ozarboyjonliklarga ham begona emas. Shu sababli turkiy xalqlar «O‘tkan kunlar» asariga qayta-qayta murojaat qiladi. Shu nuqtayi nazardan, bu asarni butun turkiy xalqlarning adabiy mulki, deb aytsak xato bo‘lmaydi»,- deydi Qodiriyning nabirasi Xondamir Qodiriy.
Mavzuga oid

07:49 / 10.04.2025
Ozarboyjon Shimoliy Kiprni qo‘llab-quvvatladi

08:41 / 08.04.2025
Ozarboyjon Yevropaga gaz yetkazib berishda Rossiya o‘rnini egallamoqda

15:12 / 03.04.2025
Ozarboyjonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

17:07 / 02.04.2025