Airbus Le Burjyeda 500 ta samolyot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi
Hindistonning Indigo loukosteri Airbus’dan 1000 ga yaqin samolyot sotib olmoqchi. Le Burjyedagi buyurtma havo qatnovi tarixidagi eng katta buyurtma bo‘ldi.

Foto: AP
Yevropaning Airbus samolyot ishlab chiqaruvchisi 19 iyun, dushanba kuni Fransiya poytaxti chekkasi Le Burjyeda bo‘lib o‘tgan Parij aerokosmik ko‘rgazmasi birinchi kunida Hindistonning Indigo aviatashuvchisi bilan A320neo qatoridan 500 ta samolyotni sotish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Airbus sotuvlar bo‘limi rahbari Kristian Shererning so‘zlariga ko‘ra, bu havo qatnovi tarixidagi eng yirik yagona buyurtmadir.
2019 yilda Hindistonning Indigo loukosteri Airbus’dan xuddi shu rusumdagi 300 ta samolyotga buyurtma bergan. Umuman olganda, aviakompaniya Yevropaning samolyot ishlab chiqaruvchisidan 1000 ga yaqin samolyot sotib olmoqchi, shulardan 480 tasi - joriy yil oxirigacha. 19 iyunda buyurtma qilingan texnikalarni yetkazib berish faqat 2030 yilda boshlanadi. Shu bilan birga, Airbus va Indigo shartnoma miqdorini aytmadi.
Le Burjyedagi 54-salon COVID-19 pandemiyasi sabab to‘rt yillik tanaffusdan keyin birinchi salon bo‘ldi. Rossiya bu yil unda ishtirok etmaydi. Aviashouning harbiy qismi eksponatlari orasida Germaniya, Fransiya va Ispaniya tomonidan yaratilgan Future Combat Air System (SCAF) qiruvchi samolyoti ham bor.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoylik ayol 6 marta ishxonadan bir daqiqa erta ketgani uchun ishdan bo‘shatildi
Jahon | 18:42
-
Shavkat Mirziyoyev Chorvoqdagi xalqaro turizm markazi taqdimoti bilan tanishdi
O‘zbekiston | 18:09
-
YouTube qisqa videolarni o‘z o‘ziga taqiqlash funksiyasini sinovdan o‘tkazadi
Jahon | 17:41
-
Britaniyaning gumanitar yordamni qisqartirishi butun dunyo bo‘ylab 55,5 mln kishiga ta’sir qiladi
Jahon | 17:40
Mavzuga oid

22:54 / 26.03.2025
Belarus sanksiyalarni chetlab o‘tib, Gambiyadan uchta Airbus samolyotini sotib oldi

17:14 / 15.01.2025
Vnukovo aeroportiga qo‘nishda UzAirways samolyotining dvigateli ishdan chiqdi. Uchoq muvaffaqiyatli qo‘ngan

20:35 / 05.12.2024
Airbus mudofaa-kosmik bo‘linmasidagi 2 ming ish o‘rnini qisqartiradi

13:29 / 19.10.2024