Hindistonda o‘zbek-hind harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
«Do‘stlik-2023» o‘quv mashg‘ulotlari doirasida ikkala mamlakat harbiylari turli vazifalarni birgalikda bajaradi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Hindistonning Uttarakxand shtati, Pitxoragarx shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan «Do‘stlik-2023» o‘zbek-hind harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hindistonning Garhwal Rifles 14-batalonida start olgan tadbirda o‘zbekistonlik 45 nafar harbiy ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston va Hindiston harbiy hamkorligi doirasidagi o‘quv mashg‘ulotlari to‘rtinchi marta o‘tkazilmoqda.
Birinchisi 2019 yilda, Toshkent harbiy okrugi hududidagi umumqo‘shin poligonida, ikkinchisi 2021 yilda Hindistondagi Utaranchal shtati, Ranikxet provinsiyasidagi «Chaubatiya» o‘quv markazida, uchinchisi 2022 yilda Xorazm viloyatida joylashgan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugning «Yangiariq» umumqo‘shin poligonida tashkil etilgan edi.
Mashg‘ulotlar 20 fevraldan 5 martga qadar davom etadi. Uning doirasida ikki davlat harbiy xizmatchilarining shartli terrorchi guruhlarini qidirib topish, yo‘q qilish, tog‘li to‘siqlarni yengib o‘tish hamda tog‘li o‘rmon sharoitlarida jangovar operatsiyalarni bajarish kabi maxsus vazifalar hamda sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

16:51 / 07.06.2025
Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari foydali qazilmalarini birgalikda izlashga kelishib oldi

17:07 / 06.06.2025
Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi

13:35 / 06.06.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir 44 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

22:12 / 05.06.2025