O‘zbekistonda loukoster formatidagi yangi aviakompaniya ish boshladi
Loukoster, arzon narxlardagi xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan yangi Centrum Air kompaniyasi hozircha 180 kishiga mo‘ljallangan beshta Boeing 737 va A320 samolyotlarida xorijiy va mahalliy aviaparvozlarni boshlaydi.
18 yanvar kuni Toshkent xalqaro aeroportida loukoster formatida faoliyat yuritadigan yangi Centrum Air aviakompaniyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kompaniyaning yo‘lovchilar uchun parvozlari O‘zbekiston ichida ham, chet el mamlakatlarida ham amalga oshiriladi.
Centrum Air kompaniyasi o‘z faoliyatiga zamonaviy boshqaruv usullari va xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini joriy qilmoqda. Buning uchun kompaniyada 250 nafar mahalliy va 400 nafardan ortiq xorijiy mutaxassislar ishlaydi. Xorijlik mutaxassislar tajribasini ommalashtirish maqsadida avia-treninglar yo‘lga qo‘yiladi.
Ayni paytda aviakompaniya har biri 180 kishiga mo‘ljallangan beshta Boeing 737 va A320 samolyotlari yordamida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. 2023 yilda kompaniya o‘z parkini 20 ta samolyotga, keyingi uch yilda esa 100 tagacha kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Bosh direktor Abdulaziz Abdurahmonov kompaniya Vengriyaning WizzAir kompaniyasi tajribasidan kelib chiqqan holda arzon aviaxizmatlarni yo‘lga qo‘yish bilan boshqa aviakompaniyalardan ajralib turishini aytdi:

“Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan farmonlar natijasida yurtimizda ichki va ziyorat turizmi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Umid qilamizki, bizning aviakompaniya tarmoq, ichki turizm va umuman fuqarolik aviatsiyasi rivojiga o‘z munosib hissasini qo‘shadi.
Aholimiz o‘rtasida aviaqatnovlardan foydalanish madaniyati sust. Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng past ko‘rsatkichlarda desak ham bo‘ladi. Viloyatlar orasidagi masofani bosib o‘tish uchun 7-8 soatlab vaqt ketkazishga majbur bo‘lishadi. Chunki reyslarimiz kam. Biz reyslarni ko‘paytirish orqali shu madaniyatni rivojlantirishimiz, butun O‘zbekistonni va Markaziy Osiyo davlatlarini bir-biriga bog‘lashimiz kerak” -, deydi kompaniya rahbari.
Uning ma’lum qilishicha, mazkur kompaniya uchun dunyoning bir qator mamlakatlari bilan imzolangan xalqaro shartnomalar asosida 1 mlrd AQSh dollaridan ortiq investitsiya ajratilgan. Shuningdek, aviachiptalarni onlayn xarid qilish tizimida ham yangicha yo‘nalishda ish yuritiladi.
Centrum Air aviakompaniyasining ajoyib jamoasiga qo‘shilganimdan xursandman. O‘zbekiston Yevropa va Osiyo chorrahasida joylashgan bo‘lib, bu aviatsiya va turizmni rivojlantirish uchun katta yutuqdir. Bu yerga odamlar dunyoning turli burchaklaridan betakror tarixiy shaharlar, obidalar va tabiatini tomosha qilish uchun kelishadi. Bizning maqsadimiz esa barchaga hamyonbop narxlarda sayohat qilish imkoniyatlarini ochishdir.
“Centrum Air aviakompaniyasining tashkil etilishi O‘zbekiston turizm infratuzilmasida yangi bosqichning boshlanishi hisoblanadi. Ish davomida har birimiz o‘z kasbiy tajribamiz bilan o‘rtoqlashamiz, shuningdek, o‘zbekistonlik hamkasblarimizni yuqori natijalarga erishishga o‘rgatamiz” , - dedi yangi havo kemasi kapitani Nikolas Triantafilo.
Aviakompaniya mahalliy, mintaqaviy va xalqaro yo‘nalishlarda parvozlar geografiyasini rivojlantiradi. Xususan, aviatashuvlar 15 mamlakatga, shu jumladan, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr, BAA, Hindiston, Janubiy Koreya va boshqalarga amalga oshiriladi.
Ichki turizmni rivojlantirish va O‘zbekiston fuqarolariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha belgilangan maqsadlarga erishish uchun Centrum Air kompaniyasi Toshkentdan mamlakatimizning beshta shahri: Nukus, Urganch, Termiz, Namangan va Farg‘onaga qo‘shimcha reyslarni amalga oshiradi. Centrum Air rahbariyati 2023 yilda kompaniyaning umumiy yo‘lovchi tashish hajmi 1,5 milliondan oshishini taxmin qilmoqda.
Bundan tashqari, yaqin uch yil ichida kompaniya fuqarolik aviatsiyasi sohasida bir qator loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qiladi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25
-
Eron va AQSh Ummonda yadroviy kelishuv bo‘yicha ilk muzokaralarni o‘tkazdi
Jahon | 21:19
-
Yakuniy energotariflar, Tahoe defitsiti va $50 milliardga yaqin zaxira - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:10
Mavzuga oid

18:07 / 17.02.2025
“O‘zbekiston yozuvli pasportim uchun reysga qo‘yishmadi” – Wizz Air o‘zbek talabani bortga chiqarmagan

21:37 / 01.02.2025
Madina-Farg‘ona reysi bo‘yicha uchgan samolyot Turkmanistonda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

14:32 / 01.02.2025
"Turkmaniston" aviakompaniyasi Rossiyaga reyslarni martgacha bekor qildi

18:22 / 28.01.2025