Namanganda «Dok-1 Maks» preparatini qabul qilgan 3 yoshli bola vafot etdi
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Guliston mahallasida yashagan 3 yoshli bola 2022 yilning 21 dekabr kuni vafot etgan. Ma’lum bo‘lishicha, bolaga uy sharoitida «Dok-1 Maks» siropi berilgan.

Foto: KUN.UZ
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida «Dok-1 Maks» siropidan iste’mol qilgan, Uchqo‘rg‘on tumanining Guliston mahallasida yashagan 3 yoshli o‘g‘il bola Q.B. vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abdulxodi Iminovning UzA'ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, vafot etgan bemor B.Q. shifoxonadan tashqari rivojlangan pnevmoniya, o‘tkir kechuvchi og‘ir formasi, hazm faoliyati funksional buzilishi va dispeptik holat, gipovolemiya og‘ir darajasi tashxisi bilan davolangan.
Bola 2022 yil 15 dekabrda tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan paytda og‘ir holatda bo‘lgan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam choralariga qaramasdan u 2022 yil 21 dekabr kuni vafot etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bolaning onasi bemorga uy sharoitida shifokor ko‘rsatmasisiz «Dok-1 Maks» preparatidan ichirgan.
Eslatib o‘tamiz, «Dok-1 Maks» siropi bolalarga nojo‘ya ta’sir qilgani oqibatida O‘zbekiston bo‘ylab 19 nafar bola halok bo‘lgandi. Keyinroq sog‘liqni saqlash vazirligi «Quramax Medisal» kompaniyasining barcha dorilarini sotishni to‘xtatishga ko‘rsatma bergandi.
Mavzuga oid

12:03 / 19.04.2025
“120 tezlikda tormoz ishlamay qoldi” – Namanganda ikki o‘quvchi ijaraga olingan Spark’da YTHga uchradi

21:44 / 17.04.2025
Namanganda “biznes”ga aylanayotgan “yezda” va halok bo‘layotgan bolalar: mas’ullar nazoratni yo‘qotdimi?

07:40 / 16.04.2025
Namanganda 4-sinf o‘quvchisi Cobalt urib yuborishi oqibatida vafot etdi

18:20 / 11.04.2025