Jamshid Iskanderov – O‘zbekistonning 2022 yildagi eng yaxshi futbolchisi, Temur Kapadze – eng yaxshi murabbiy. «Eng zo‘r-2022» g‘oliblari e’lon qilindi
Bugun, 26 noyabr kuni Toshkentdagi «Renessans Hall» zalida o‘zbek futboli va futzalining 2022 yilgi eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. O‘FA va PFL tomonidan o‘tkazilgan «ENG ZO‘R Uz Football Awards-2022» marosimida yil davomidagi bir qator nominatsiyalar g‘oliblari e’lon qilindi.

Foto: Tribuna.uz
«O‘zbek futboli nuroniysi» - O‘zbek futboli tarixidagi eng yorqin yulduzlardan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi, «Shuhrat» medali sohibi — Birodar Abduraimov «O‘zbek futboli nuroniysi» sovrini bilan taqdirlandi.
«Fidoyilik ramzi» - qariyb 35 yildan buyon qo‘qonlik futbol muxlislari, Qo‘qonga tashrif buyurayotgan futbol jamoalari uchun xizmat qilayotgan inson, 70 yoshli Anvar Oxunov «Fidoyilik ramzi» sovrini bilan taqdirlanadi. «Qo‘qon-1912», «Turon», «Neftchi», «Do‘stlik-Oltiariq» kabi jamoalar muxlislari o‘z stadionlarini Anvar akaning ovozisiz tasavvur qila olmaydi.
«Feyr-pley» - Mavsum davomida eng kam budjet aynan «Xorazm» futbol klubida edi. Superliganing ayrim jamoalari «Xorazm» klubining smetasidan 20 barobar ko‘piga ega. Shunga qaramay, xorazmlik futbolchilar haqiqiy iroda ko‘rsatdi. Yigitlar bir necha oy maosh olmagan holatida ham g‘urur va nomusidan voz kechmadi. Ular o‘z ota-onasi, oilasi va muxlislari uchun oxirigacha jang qildi. O‘ta kam smeta bilan Pro liganing to‘rtinchi jamoasi bo‘lish tahsinga sazovor.
«Eng yaxshi yoshlar murabbiyi» - O‘zbekiston U-18 jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov bu sovringa munosib topildi.
«Ayollar Oliy ligasi to‘purari» - «So‘g‘diyona-W» klubi yetakchisi Diyora Habibullayeva 37 ta gol bilan joriy mavsumning Ayollar Oliy ligasi to‘purariga aylandi.
«Ayollar Oliy ligasi yil futbolchisi» - «Sevinch» klubi vakilasi Maftuna Shoyimova «Ayollar Oliy ligasi yil futbolchisi» sovrinini qo‘lga kiritdi.
«Ayollar Oliy ligasi murabbiyi» - «Sevinch» klubi bosh murabbiyi Vladislav Xan «Ayollar Oliy ligasi murabbiyi» sovrinini qo‘lga kiritdi.
Yil hakamlari — Vadim Agishev va Roziyabonu Yusupova
O‘zbekistonning 2022 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi - Abbosbek Fayzullayev (Paxtakor va O‘zbekiston U20 jamoasi a’zosi).
19 yoshli yarimhimoyachi «Paxtakor» bilan Superligada chempion bo‘ldi, 21ta bahsda 5ta gol va 2ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. O‘zbekiston U-23 safida Osiyo kubogida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonda 2022 yilning eng yaxshi futzal murabbiyi - Bahodir Ahmedov. Murabbiy O‘zbekiston milliy jamoasi bilan Osiyo Kubogida bronza medalini qo‘lga kiritdi, «Jizzax Kenteks»ni O‘zbekiston chempioniga aylantirdi.
O‘zbekistonning 2022 yildagi eng yaxshi futzalchisi - Husniddin Nishonov. Samarqand futzal maktabi tarbiyalanuvchisi O‘zbekiston milliy jamoasi safida Osiyo Kubogida bronza medalini qo‘lga kiritdi, «Jizzax Kenteks» bilan mamlakat chempioniga aylandi.
Pro ligada mavsumning eng yaxshi murabbiyi - Viktor Kumikov. Murabbiy «Andijon»ni Pro ligada chempion qilib, Superligaga qaytardi.
Pro ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi - Ro‘zimboy Ahmedov. 23ta gol urgan «Buxoro» hujumchisi to‘purar bo‘ldi va jamoasi bilan Superligaga qaytdi.
Pro liga, U-21 va ayollar chempionati translatsiyalari uchun Spors.uz sayti va sharhlovchi Xayrulla Hamidov maxsus sovrin bilan taqdirlandi.
Superligada yilning eng yaxshi murabbiyi – Ro‘ziqul Berdiyev. Uning qo‘l ostida «Nasaf» O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi, Superligada 3-o‘rinni egalladi.
Superliganing eng yaxshi futbolchisi va to‘purari – Dragan Cheran. Hujumchi 20ta gol bilan chempionatda to‘purar bo‘lib, «Paxtakor»ning chempion bo‘lishiga hissa qo‘shdi.
Superliga-2022 mavsumbning eng chiroyli goli muallifi - Islom Toshpo‘latov. «Surxon» yarimhimoyachisining «Qo‘qon-1912» (3:2) darvozasiga urgan supergoli nominatsiyada g‘olib bo‘ldi.
O‘zbekistonning 2022 yildagi eng yaxshi murabbiyi - Temur Kapadze. Uning boshqaruvidagi O‘zbekiston U-23 milliy jamoasi Osiyo Kubogida finalgacha yetib bordi, uning qo‘l ostida Superligada debyut qilgan «Olimpik» mavsumni 6-o‘rinda yakunladi.
O‘zbekistonning 2022 yildagi eng yaxshi futbolchisi – Jamshid Iskanderov. Yarimhimoyachi «Navbahor» bilan Superligada va O‘zbekiston Kubogida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 29ta o‘yinda 9ta gol va 6ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Nominatsiyalar e’lon qilingach, Superligada mavsum ramziy jamoasi aniqlandi:
Superliga-2022 ramziy jamoasi:
Darvozabon: O‘tkir Yusupov
Himoyachilar: Dilshod Saitov («Nasaf»), Husniddin Aliqulov («Nasaf»), Rustam Ashurmatov («Navbahor»), Farruh Sayfiyev («Paxtakor»)
Yarim himoyachilar: Abdurauf Bo‘riyev («Olimpik»), Sardor Sobirxo‘jayev («Paxtakor»), Xurshid G‘iyosov («Olimpik»), Otabek Jo‘raqo‘ziyev («Olimpik»), Jamshid Iskanderov («Navbahor»)
Hujumchi: Dragan Cheran («Paxtakor»)
Murabbiy: Maksim Shatskix («Paxtakor»).
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh savdo borasida Xitoy bilan «yumshoq muloqot» boshlanganini ma’lum qildi
Jahon | 20:51
-
Welt: Germaniya Qurolli kuchlari 100 ming nafar zaxiradagi harbiy xizmatchiga muhtoj
Jahon | 20:44
-
«Radar ovlovchi» – Andijonda haydovchi 52 ta radarni pnevmatik miltig‘i bilan ishdan chiqardi
O‘zbekiston | 20:14
-
Ukraina prezidenti ofisidagilar ayollarni ham armiyaga majburiy jalb etish taklifi bilan chiqdi
Jahon | 20:13
Mavzuga oid

14:32 / 29.03.2025
“Mening vazifam futbolchilarning ishini osonlashtirish” – Temur Kapadze

15:16 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan

17:29 / 22.03.2025
Yana uchta muhim o‘yin. O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?

09:00 / 24.01.2025