Namangan shahrida Usmon Nosir nomidagi xiyobon ochildi
Namangan shahrida o‘zbek xalqi atoqli farzandi, shoir Usmon Nosir tavalludi 110 yilligi keng nishonlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Namangan viloyati hokimligi
Prezidentning 2022 yil 10 fevraldagi «Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludi 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida shoir haykali va uning nomi bilan atalgan xiyobon ochildi.
Namangan viloyati markazidagi eski guzarlardan birida Usmon Nosir onasi - Xolambibi bilan yashagan xonadon aniqlanib, ushbu mahallaga Usmon Nosir nomi berildi. Namangan shahridagi ko‘chalardan biriga ham shoir nomi berildi. Yangidan qad rostlagan 22-sonli umumta’lim maktabiga yondosh alohida muzey va kutubxona barpo qilindi.
Viloyat hokimligi ko‘magi bilan shoir jiyani Nodira Rashidovaning ancha yillardan beri kitobxonlarga havola etilmay kelingan «Usmon Nosir» romani ikki jildlik kitob holida nashr qilindi. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, faxriy jurnalist Rahim Irisovning «O‘zbekning Lermontovi», «She’riyat diydasida qotgan yosh» kitoblari chop etildi.
Namangan shahrining Hurriyat ko‘chasida, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i atrofida Usmon Nosir xiyoboni bunyod etildi.
Mavzuga oid

12:03 / 19.04.2025
“120 tezlikda tormoz ishlamay qoldi” – Namanganda ikki o‘quvchi ijaraga olingan Spark’da YTHga uchradi

21:44 / 17.04.2025
Namanganda “biznes”ga aylanayotgan “yezda” va halok bo‘layotgan bolalar: mas’ullar nazoratni yo‘qotdimi?

07:40 / 16.04.2025
Namanganda 4-sinf o‘quvchisi Cobalt urib yuborishi oqibatida vafot etdi

18:20 / 11.04.2025