To‘qayev Qozog‘istondagi tartibsizliklarda qaysi mamlakatlardan ishtirokchilar bo‘lganini aytdi
Qozog‘iston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, hujumlardan maqsad mamlakatda boshboshdoqlikni vujudga keltirish va hokimiyatni ag‘darish bo‘lgan.

Foto: «Inbusiness.kz»
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel bilan muloqotida mamlakatdagi tartibsizliklarda xorijlik terrorchilar qatnashganini aytdi.
To‘qayev bo‘lib o‘tgan hodisalarni tajovuzkorlik akti deb atadi.
«Bu Qozog‘istonga qarshi xorijlik, asosan Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, Afg‘onistondan bo‘lgan jangarilar ishtirokidagi yaxshi tashkillashtirilgan va tayyorlangan tajovuzkorlik akti. Shuningdek, Yaqin Sharqdan ham jangarilar bo‘lgan», — dedi u.
Qozog‘iston prezidenti hujumlardan maqsad mamlakatda boshboshdoqlikni vujudga keltirish va hokimiyatni ag‘darish bo‘lganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu bois respublikada kontrterror operatsiyasi o‘tkazishga qaror qilingan.
To‘qayevning ta’kidlashicha, KXShT tinchlikparvar kuchlari jangovar harakatlarda ishtirok etmaydi.
«Ular Qozog‘istonda vaziyat to‘liq barqarorlashguniga qadar bo‘lib turishadi», — dedi Qosim-Jo‘mart To‘qayev.
Mavzuga oid

20:14 / 06.06.2025
Qozog‘iston harbiylari Buyuk Britaniyada tayyorgarlikdan o‘tadi

14:03 / 06.06.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik markaz tashkil qiladi

00:15 / 06.06.2025
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi

13:59 / 05.06.2025