Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Shavkat Mirziyoyevni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.
«Sizni 2021 yil 24 oktabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridagi ishonchli g‘alabangiz bilan chin dildan, samimiy muborakbod etamiz. Alloh taolodan xalq farovonligi va yurt ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz», – deyiladi tabrikda.
Muftiy prezidentlik saylovlari natijalari xalqning o‘z rahbariga bo‘lgan yuksak ishonchi va hurmatidan dalolat ekani haqida yozgan.
Shuningdek, tabrik matnida amaldagi prezidentning saylovlardagi aniq g‘alabasi – mamlakatni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanishining namoyishi bo‘lgani aytiladi.
«Alloh taboraka va taolodan Siz janobi oliylariga va oilangizga sihat-salomatlik, shod-u xurramlik va oilaviy baxt tilaymiz. El-yurt saodati va xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringizda ulkan zafarlar ato etishini Yaratgan Parvardigordan so‘raymiz», – deyiladi yaqindagina saylangan muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning tabriknomasida.
Eslatib o‘tamiz, 25 oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalarini e'lon qildi.
MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev saylov natijalariga ko‘ra, O‘zLiDeP nomzodi, amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan lavozimga qayta saylangani haqida ma'lum qildi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh savdo borasida Xitoy bilan «yumshoq muloqot» boshlanganini ma’lum qildi
Jahon | 20:51
-
Welt: Germaniya Qurolli kuchlari 100 ming nafar zaxiradagi harbiy xizmatchiga muhtoj
Jahon | 20:44
-
«Radar ovlovchi» – Andijonda haydovchi 52 ta radarni pnevmatik miltig‘i bilan ishdan chiqardi
O‘zbekiston | 20:14
-
Ukraina prezidenti ofisidagilar ayollarni ham armiyaga majburiy jalb etish taklifi bilan chiqdi
Jahon | 20:13
Mavzuga oid

21:45 / 28.02.2025
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov: Bu yil mamlakatdagi 1700 dan ortiq masjidda xatmi Qur’on o‘qiladi

20:00 / 28.12.2024
To‘y va boshqa tantanalar riyo va isrofga to‘ldi - O‘zbekiston musulmonlari idorasi

20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi

07:50 / 27.12.2024