Tehron Eronga qochib o‘tgan afg‘on harbiylarini Kobulga jo‘natdi

Foto: Tasnim News Agency
“Tolibon” hujumi ortida Eronga qochib o‘tgan afg‘on harbiylari samolyotda Kobulga jo‘natildi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar berdi.
Bir qator afg‘on chegarachilari va bojxonachilari toliblar Eron bilan chegaradagi bir qator chegara o‘tish joylarini egallagandan keyin Eron chegara politsiyasi uchastkasiga yo‘l olgan.
Ma'lum qilinishicha, afg‘on harbiylari Eronda joylashtirilishdan oldin ulardan qurol olib qo‘yilgan. So‘ngra ular Afg‘oniston hukumati talabi bilan Kobulga jo‘natilgan.
Avvalroq mingdan ortiq afg‘on harbiysi toliblar bilan janglardan so‘ng Tojikiston hududiga chekingani ma'lum qilingandi. Ilgari Tojikiston hududiga o‘tgan harbiylarni qo‘shib hisoblaganda, mamlakatdagi afg‘on harbiylari soni 1500ga yaqinlashdi.
Mavzuga oid

23:00 / 21.04.2025
Tehron, Moskva va Rimdagi muzokaralar: Eron yadro dasturi bo‘yicha bitim asoslari chizilmoqda

22:13 / 21.04.2025
Tramp: AQSh va Eron yaxshi muzokaralar o‘tkazdi

09:32 / 21.04.2025
Eron armiyasi sun’iy intellektga asoslangan o‘ta maxfiy quroli borligini ma’lum qildi

15:18 / 20.04.2025